Kirakashlik uchun litsenziya olish soddalashtirildi

Saqlash
21:16 / 08.09.2022 792 0

Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Yangi tartibga koʻra, haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim.

 

Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

 

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasini oladi. my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 ming soʻm toʻlanadi.

 

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin.

 

Ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//