Oʻzbekistonda qarindosh boʻlmaganlarni “propiska”dan chiqarish osonlashdi

Saqlash
19:54 / 08.09.2022 727 0

Oʻzbekistonda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab qarindosh boʻlmaganlarni ularning roziligisiz “propiska”dan chiqarishga ruxsat berildi.

 

Bu haqida “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonida belgilangan.

 

Unga koʻra, 1-sentabrdan boshlab mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaxslarni (tanishlar, uzoq qarindoshlar) ushbu turar joydan doimiy roʻyxatdan – “propiska”dan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi. Taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar bundan mustasno.

 

Maʼlumotlarga koʻra, oxirgi 2,5 yilda fuqarolik sudlariga shaxsni turar joydan roʻyxatdan chiqarish boʻyicha 8 954 ta daʼvo arizalari kiritilgan, shundan 7 311 tasi (82 foizi) qanoatlantirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//