Zominda noan’anaviy to‘y o‘tkazildi

Saqlash
15:09 / 05.09.2022 502 0

Zomin tumanidagi 36-umumta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Nodirbek Yo‘ldoshev farzandining muchal to‘yini noan’anaviy tarzda o‘tkazdi.  

 

Noodatiyligi shundaki, to‘yona sifatida faqat va faqat kitoblar qabul qilingan. Bu haqda Nodirbek Yo‘ldoshev ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida shunday deydi:

 

“To‘yga tashrif buyurgan aka-uka, opa-singil, hamkasblarim, sinfdoshlarim, do‘stlarim, Toshkent, Samarqand va Jizzaxdan kelgan ijod ahli, barcha mehmonlar Asadbekka kitoblar sovg‘a qilishdi. O‘g‘limning shaxsiy kutubxonasi o‘sha kuni 128 dona yangi durdona bilan boyidi”.

 

 

Nodirbek Yo‘ldoshev Zomin tumanidagi 36-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi isfatida yozuvchi-shoir va jurnalistlar ishtirokida muntazam adabiy uchrashuvlar tashkil qilib keladi. O‘quvchilarining iste’dodini ro‘yobga chiqarishga, ijodiy mashqlarini elga tanitishga intiladi.

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yosh avlod tarbiyasida badiiy mutolaaning o‘rni muhimligini yana bir bor qayd etib, kitobxonlik targ‘ibotida mana shunday usullardan foydalanish ham samarali ekanini ta’kidlashgan. Yurtimizda ma’rifat to‘ylar ko‘payishiga tilak bildirilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish