Jamiyat
Bugun, 5-sentyabr kuni tush paytida 5 balli magnit boʻroni kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqida “Oʻzgidromet” mutaxassisi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ortda qolgan hafta davomida 24 ta kuchli quyosh chaqnashi kuzatilgan va 2 ta oʻta aktiv zona rivojlangan. Quyosh sirtidagi mazkur chaqnashlar Yerda magnit boʻroni xavflilik darajasini oshiradi.
Shuningdek, Oʻzgidrometning Meteoinfokom tuzilmasi bugun tush payti Oʻzbekistonda magnit boʻronining G3 darajaga ega 5 ballik xavfini eʼlon qilmoqda.
Bu vaqtda taʼsirchan odamlarda bosh ogʻriqlari, charchoq, holsizlik, uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Magnit boʻronlari vaqtida yosh bolalar va keksa yoshdagi insonlar, shuningdek bemorlarga ogʻir jismoniy harakatlardan voz kechish, stressli vaziyatlardan uzoqroq boʻlish tavsiya etiladi. Bu kunlarda koʻproq suv ichib, toza havoda sayr qilish geomagnit boʻronlari taʼsirining oldini olishga yordam beradi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112304
Jamiyat
94979
Jamiyat
91101
Jamiyat
75865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q