Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar Oʻzbekistonda maktab darsliklari ijarasi narxi “2−3 baravarga” qimmatlashgani va birinchi chorakdan keyingina yangi kitoblar chiqarilishidan shikoyat qilishmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara toʻlovi miqdorlarini belgiladi (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun, boshqa tillardadagi darslik ijaralari narxlari quyidagi jadvalda keltirilgan).
2-sinf: 102,7 ming soʻm
3-sinf: 102,7 ming soʻm
4-sinf: 68,5 ming soʻm
5-sinf: 85,6 ming soʻm
6-sinf: 74,2 ming soʻm
7-sinf: 102,7 ming soʻm
8-sinf: 108,4 ming soʻm
9-sinf: 108,4 ming soʻm
10-sinf: 102,7 ming soʻm
11-sinf: 119,8 ming soʻm
XTVning qayd etishicha, joriy yilda Prezident farmoni bilan umumtaʼlim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun toʻliq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021-yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.
“Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qogʻoz narxi (faqatgina 2022-yilning oʻzida qogʻoz narxi 60−70 foizga oshgan) va qogʻozni mamlakatimizga yetkazib berish boʻyicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi”, – deyiladi xabarda.
XTV maʼlumotlariga koʻra, ijara toʻlovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini toʻplamdagi darslik va mashq daftarlari soniga koʻpaytirish yoʻli orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va taʼlim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.
Joriy oʻquv yilida oʻrtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara toʻlovi 5707 soʻmni tashkil etmoqda va oʻtgan oʻquv yilidagi miqdor (2740 soʻm)ga nisbatan 2 967 soʻmga (108%) oshgan.
Ijara toʻlovi summasini ota-onalar darslik toʻplamini toʻliq olgach, 1-oktyabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.
Shu oʻrinda quyidagi fuqarolar darslik ijara toʻlovidan ozod etilishini eslatib oʻtamiz:
birinchi sinf oʻquvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
«Mehribonlik uy"lari tarbiyalanuvchilari;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q