Advokatlik guvohnomasini berish tartibi soddalashtirilmoqda

Saqlash
13:57 / 05.09.2022 739 0

Bugungi kunda advokatlik guvohnomasini olishda talabgor ariza berish uchun adliya organiga tashrif buyurishi, ortiqcha hujjatlarni taqdim etishi, guvohnoma rasmiylashtirilganidan soʻng uni olib ketish uchun takroran adliya organiga tashrif buyurishi talab etiladi.

 

Bu esa, ortiqcha vaqt va ovoragarchilikni talab etadi.

 

Mazkur ovoragarchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Endilikda advokatlik guvohnomasini olish uchun faqatgina elektron murojaat qilishning oʻzi kifoya boʻladi.

 

Loyihada advokatlar uchun quyidagi yengilliklar nazarda tutilmoqda:

 

- advokatlik guvohnomasini olish uchun elektron shaklda murojaat qilinadi;

 

- agarda advokat advokatlik tuzilmasini yangi tashkil etgan boʻlsa, advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilishi talab etilmaydi. Unga guvohnoma avtomatik tarzda kompozit xizmat koʻrsatish yoʻli bilan beriladi.

 

Advokatlik guvohnomasini guvohnoma beruvchi organga bormasdan turib olish mumkin boʻladi.

 

Bunda advokatlik guvohnomasi advokatning xohishiga koʻra advokatlik tuzilmasining manziliga pochta orqali yuboriladi.

 

Advokatlik guvohnomasi QR-kod qoʻyilgan ID card shaklida rasmiylashtiriladi. QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, litsenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.

 

Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi oʻzgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//