Prezidentning navbatdagi qarori eʼlon qilindi

Saqlash
13:49 / 05.09.2022 674 0

“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi:

 

- uy hayvonlari (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;

- avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;

- rieltorlik xizmatini koʻrsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga koʻmaklashish);

- uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
- maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);

-gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);

-tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;

- yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish;

- uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va koʻchatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam toʻqish va sotish;

- kulolchilik.

 

2023-yil 1-yanvardan YATTlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).

 

2023-yil 1-yanvardan oʻzining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda, ular rasmiy band boʻlgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qoʻshiladi:

 

-chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar);

-issiqxona;

-parrandachilik (bedana, kurka, gʻoz, oʻrdak);

-quyonchilik;

-asalarichilik;

-baliqchilik;

-bogʻdorchilik;

-limonchilik;

-gulchilik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//