Buxoroda Ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirildi

Saqlash
11:05 / 01.09.2022 1048 0

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan yurtimizda ko‘plab ko‘rkam va zamonaviy ob’yektlar foydalanishga topshirilmoqda. Shulardan biri Buxoro viloyatida ochilgan Ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.

 

Kecha, 31-avgust kuni Olot tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro viloyat hokimi B.Zaripov, Olot tuman hokimi N.Ne’matova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari M.Pardayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari Sh.Sulaymonov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman “Nuroniylar kengashi” raisi S.Oqqiyev hamda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar, hamkor tashkilotlar hamda hamda chet ellik mehmonlar ishtirok etdi.

 

Maskandagi kutubxona 150 mingdan ziyod kitoblar, zamonaviy o‘quv zali va bepul internet bilan ta’minlangan. Shuningdek, “IT markaz”, “Besh tashabbus” to‘garaklari, “Zakovat” intellektual o‘yin stoli, kitobxonlik bayramlari, turli ko‘rik-tanlov va teatr-konsert dasturlari uchun 260 o‘rinli tantanalar zali, 60 o‘rinli 3D formatli kino namoyishi uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//