Jamiyat
Oʻzbekiston qonunchiligida joriy yil 1-sentabrdan nimalar oʻzgarishi haqida qisqacha maʼlumotlar toʻplandi.
Ular quyidagilar:
• Fuqarolarga ichki turizm uchun keshbek toʻlanadi.
• Oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi.
• Oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi.
• 2022-yil 1-sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi.
• 2022-yil 1-sentabrdan fuqarolar va yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar oʻrtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.
• Quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi:tijorat banklari;
• telekommunikatsiya tashkilotlari;
• xususiy tibbiyot muassasalari;
• nodavlat taʼlim tashkilotlari;
• sugʻurta tashkilotlari.
• Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlanadi. Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha boʻlgan tanaffuslar mavjud boʻlsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi.
• Jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi.
• Avtomobilning egasi yoki davlat raqami oʻzgarganda “tonirovka” ruxsatnomasi amal qilishda davom etadi.
• Prezident qaroriga asosan oynalar tusini oʻzgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga boʻlgan egalik huquqi oʻzgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining maʼlumotlarida oʻzgarish boʻlganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi oʻzgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda saqlab qolinadi.
• Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ijtimoiy-moddiy yordam paketi beriladi.
Prezident qaroriga binoan:
• ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) byudjetlari mablagʻlari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravari miqdorida beriladi;
• idoralararo komissiyalar ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalarini oʻrganib chiqish va moliyalashtirish boʻyicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlashga masʼul hisoblanadi.
“Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartib-taomillari Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.
• Shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi
Prezident qaroriga asosan shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi.
Bunda:
– yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlarga oʻz uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar koʻrsatishga ruxsat beriladi;
– yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga oʻziga biriktirilgan aholiga bepul koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlov Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali beriladi;
– yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022-yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etiladi.
– 2022-yil 1-sentabrdan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi.
– Yetim bolalarni oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olish tuman (shahar) hokimining qarori asosida amalga oshiriladi.
Prezident qarori bilan oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimining qarori asosida tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin koʻpi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning oʻz farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak.
Oilaviy bolalar uylari tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolar tomonidan tashkil qilishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, qarorda oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan tegishli miqdorda har oylik mablagʻ ajratish nazarda tutilgan.
– Yetim bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi.
Prezident qaroriga binoan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga muhtojligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash yoʻlga qoʻyiladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi tartibi oʻrnatilgan.
Soʻnggi ikki yilda turmushimizda sodir boʻlgan uch tarixiy voqea – dehqonchilikka moʻljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish, elektron kimoshdi savdosida sotish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer maydonlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda, bozor bahosida qoplab berishning qonuniylashtirib qoʻyilishi egalik tuygʻusini tarbiyalash va uning moddiy negizini mustahkamlashda tengsiz ahamiyatga ega, deb ishonamiz.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q