Siyosat
Oʻzbekistonda OIV va OITS infeksiyasi bilan kasallanishda shubha qilingan shaxslar majburiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablagʻlari hisobidan gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibini belgilash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida belgilangan.
Loyihada 2023-yil 1-yanvardan boshlab majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish tartibini tasdiqlash taklif etilmoqda.
Hujjatda “xavfli guruh” taʼrifi koʻzda tutilgan boʻlib, unga oʻzining gʻayriijtimoiy xulq-atvori tufayli oʻzga shaxslarga jinsiy aloqa yoʻli orqali yuquvchi kasalliklarni (OIV, zaxm, soʻzak va boshqalar) yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan ragʻbatlantirish evaziga intim xizmat koʻrsatuvchilar, besoqolbozlar va tanosil kasalligiga chalingan, shuningdek, giyohvandlik vositalarini igna orqali qabul qiluvchi yoki qabul qilganlikda gumonlangan shaxslar kiradi.
Xavfli guruh bilan aloqada boʻlgan shaxslar:
• maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan, xavfli guruhga kiruvchi shaxslar bilan jinsiy aloqaga kirishgan yoki jinsiy aloqaga kirganlikda gumonlangan shaxslar;
• maxsus-profilaktik tadbirlar davomida axloqqa zid boʻlgan huquqbuzarliklar (ragʻbatlantirish evaziga intim xizmat koʻrsatuvchilar, jinsiy erkinlikka va axloqqa qarshi, tanosil yoki OIV/OITS infeksiyasini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlar)ni sodir etilishi mumkin boʻlgan obyektlarda ishlovchilar va tashrif buyuruvchi shaxslar;
• kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV/OITS infeksiyasini yuqtirish bilan bogʻliq boʻladigan obyektlarda ishlovchilar hamda tadbir davomida bunday obyektlarda aniqlangan shaxs (mijoz)lar.
“Xavfli guruh”ga mansub shaxslar va ular bilan aloqada boʻlgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahridagi OITS markazlari, OIV infeksiyasi boʻyicha tumanlararo diagnostika laboratoriyalarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q