Jamiyat
AKT vazirligi rahbariyati “Veon” kompaniyasi vakillari bilan Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi tezyurar poyezdlarni tezkor internet bilan taʼminlash masalasini muhokama qildi.
Vazirlik axborot xizmatining maʼlum qilishicha, vazir Sherzod Shermatov “Veon” kompaniyalar (Beeline Uzbekistan) guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioʻgʻli bilan uchrashgan. Uchrashuvda kompaniya vakillari Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi tezyurar poyezdlarda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi haqida axborot berishgan.
Uchrashuv davomida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida “Veon” kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa, magistral yoʻllarda mobil xizmatlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilingan.
Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi tezyurar poyezdlarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari boʻyicha taqdimot oʻtkazilgan.
Tomonlar ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalarni muhokama qilishgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q