Madaniyat
Ispaniya Qirolligining sayyohlar gavjum boʻlgan provinsiyalaridan biri Valensiyada XIV asrdan buyon muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan “Marvlar va nasroniylar” festivalining navbatdagi mavzusi ilk marta Oʻzbekiston turizmi va madaniy merosiga bagʻishlandi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.
Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, festivalni tashkil etish uchun 10 ming nafar faol havaskorlar hamda butun dunyodan tomoshabin sifatida 100 ming nafarga yaqin havaskorlar tashrif buyuradi.
Ayni paytda, Ispaniya tomoni tadbir ishtirokchilari uchun milliy, tarixiy kiyimlar tikish boʻyicha oʻzbek hunarmand, dizaynerlariga buyurtmalar (600 dona kiyim kechak, 2000 ta doʻppi va Amir Temur roli uchun alohida) bergan holda tayyorgarlik ishlariga 400 ming yevro mablagʻ sarflangan.
Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda oʻzbek folklor jamoasi, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya ayni damda Valensiyada boʻlib turibdi.
Festivalda Alberto Klimer Amir Temur obrazida namoyon boʻldi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q