Siyosat
Bugun, 29-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda xalq vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini koʻrib chiqdi va maʼqulladi.
Maʼlumot uchun, Aziz Voitov hozirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib oradi.
U 1980-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti: oliy, Toshkent moliya instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki turli lavozimlarda ishlagan (2000-2017 yy), 2017-2020-yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
112082
Jamiyat
94768
Jamiyat
90798
Jamiyat
75595
Jamiyat
//
Izoh yo‘q