Ilm-fan
Kuni kecha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “International Tashkent” mehmonxonasida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Konferensiyadan maqsad yurtimizda birinchi va ikkinchi uyg‘onish davrlarida yetishib chiqqan allomalar, qomusiy bilim sohiblarining umumbashariyat taraqqiyoti, ilm-fan va madaniyat ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini yurtdoshlarimiz orasida keng targ‘ib etishdir.
Anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 130 nafar taniqli olimu ziyolilar, professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirok etdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov konferensiyani ochib berib, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish borasida fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adminstrasiyasi mas’ul xodimi Abduhalil Mavrulov, “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi keng qamrovli sa’y-harakatlar xususida so‘z yuritdilar.
Konferensiya doirasida “Uchinchi renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” to‘plamining taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur to‘plamdan 100dan ortiq ilmiy-amaliy maqolalar o‘rin olgan. Anjuman o‘z ishini 3 ta sho‘baga bo‘lingan holda davom ettirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q