Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida vazir maslahatchisi Bobur Rahimov boshchiligida Sunʼiy intellekt boʻyicha maslahat kengashi tashkil etildi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Kengash Sunʼiy intellekt boʻyicha milliy strategiyani rivojlantirish borasida takliflarni ishlab chiqish jarayonida jamoatchilik fikrini oʻrganishi koʻzda tutilgan. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa kengashning faxriy raisi hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, kengash doirasida sunʼiy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar oʻtkazish va ularni imkon qadar qisqa vaqt ichida mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish uchun tadqiqotchilarni kompaniyalar bilan birlashtiradigan ishchi guruhlar tuziladi.
Kengash ishida xususiy sektor, ilmiy va ekspert doiralari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, taniqli jamoat arboblari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Jamiyat
Sport
110986
Jamiyat
94498
Jamiyat
90431
Jamiyat
74449
Jamiyat
//
Izoh yo‘q