Murat Kamalov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi lavozimidan ozod etildi

Saqlash
17:31 / 26.08.2022 796 0

Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.
 

Davlatimiz rahbarining kirish soʻzidan soʻng Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges Raisi lavozimiga tavsiya etilgan Amanbay Tleubayevich Orыnbayevning nomzodini koʻrib chiqishga oʻtildi.


Ilgariroq sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalovning betobligi sababli vakolat muddatini oldindan toʻxtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish haqidagi murojaati koʻrib chiqilib, Murat Kamalovning vakolat muddatini oldindan toʻxtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

 

Amanbay Orыnbayevning nomzodini koʻrib chiqishdan avval Prezidentimiz nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha rejalari va takliflarini tinglashni taklif etdi.

 

Nomzod Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani rivojlantirish, sanoat loyihalarini koʻpaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, taʼlim va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi mavjud muammolarni va ularni hal qilish boʻyicha takliflarini bayon etdi. Prezidentdan bu rejalarni toʻliq amalga oshirish uchun zarur boʻlgan resurslar ajratilishida koʻmak soʻradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//