“Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi

Saqlash
11:08 / 26.08.2022 699 0

Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati va manfaatdor tashkilotlar tomonidan “Mahallada duv-duv gap” loyihasi amalga oshirilib kelmoqda.

 

 

Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Tashabbus” MFY “Yangi Oʻzbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda 20 dan ortiq loyiha doirasidagi qator tadbir va ijtimoiy aksiyalar tashkil etildi.

 

Xususan, “Inson qadri” mehr-muruvvat aksiyasi orqali mahalladagi 10 nafar yolgʻiz keksalar va nogiron yoshlarning holidan xabar olindi. “Mahalladagi maʼrifatli ayol”, “Mahalladagi odobli qiz”, “Mahalla kelini” nominatsiyalar gʻoliblari aniqlanib gʻoliblar taqdirlandi. “Siz tugʻilgan kun” loyihasi doirasida uch nafar keksa avlod vakili sovgʻalar bilan yoʻqlandi. “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” loyihasida faol ishtirok etgan mahalla faoli ham eʼtirof etilib qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

 

 

Shuningdek tadbir davomida “Yangi Oʻzbekiston yoshlar nigohida” mavzusida mahallalarda istiqomat qilayotgan yosh rassomlar koʻrgazmasi, quvnoqlar va zukkolar, bilimdonlik, stol tennisi, futbol, shaxmat, shashka, qoʻl kurashi (armrestling) kabi sport musobaqalari tashkil etilib gʻoliblar munosib taqdirlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda koʻrgazmalar va master klass “Ustoz - shogird” aksiyalari oʻtkazildi.

 

Mazkur tadbir doirasida 2 ming nafardan ziyod aholi qamrab olindi. Tadbirda fan, madaniyat, sanʼat namoyondalari, faxriy nuroniylar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda mahalla yoshlari faol ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish