Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilingani va unga xat qistirilgani aks etgan foto va videolar tarqaldi. Xabarlarda Toshkentda firibgarlikning yangicha, antiqa usuli – avtomobilga qulf ilib ketilib, shu kartaga pul tashlansa, kod aytilishi, shu orqali pul undirib yurilgani aytilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, IIBB tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv va oʻrganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmagan.
“Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Agar siz bilan shu kabi holat sodir boʻlgan boʻlsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek, ushbu shaxs haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingizni yoki 97-778-99-65 Telegram raqami orqali xabar berishingizni yoxud yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilishingizni soʻraymiz”, deyiladi munosabatda.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
109721
Jamiyat
94100
Jamiyat
89886
Jamiyat
73089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q