Toshkent viloyatidagi kanal boʻyida hayvonlar suyaklari toʻplanib qolgani xabar qilindi

Saqlash
20:43 / 25.08.2022 752 0

Toshkent viloyati Ekogoliya boshqarmasi Toshkent tumanidan oqib oʻtuvchi kanal suvi kamayib ketgani sabab hayvonlar suyaklari kanal yoqasida toʻplanib qolgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, tumanning “Koʻksaroy” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Damariq” kanalida suv kamayib, bir qancha hayvon suyaklari kanal yoniga chiqib qolgani va ushbu holatni bartaraf etish boʻyicha yoʻllangan videomurojaatdagi holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan joyiga chiqib oʻrganilgan.

 

Oʻrganishlar natijasida haqiqatan ham ushbu kanalda vaqtincha suv kamaytirilgani sababli kanal yoqasida hayvonlarning suyak qoldiqlari toʻplanib qolgani aniqlangan.

 

Holat tegishli tartibda bartaraf etilib, hududdagi aholi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilgan. Bundan tashqari, mazkur kanal atrofida ekologik nazorat yanada kuchaytirilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda kanalda tozalash ishlarini olib borishga kelishib olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//