COVID-19 dan keyin 27 million odam hali hamon hid va taʼm bilmayapti

Saqlash
19:38 / 25.08.2022 830 0

Tadqiqotlarda qayd etilishicha, koronavirus bilan kasallangan odamlarning 5 foizi uzoq muddatga hid yoki taʼmni yoʻqotmoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra ushbu holat “jamoat salomatligining yangi inqirozi”ga olib kelishi mumkin. Bu haqda NBCnews xabar bermoqda.

 

Tahlillarga koʻra, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning taxminan 5 foizi - butun dunyo boʻylab taxminan 27 million kishi uzoq vaqt davomida hid yoki taʼmni yoʻqotishdan aziyat chekmoqda.

 

Tadqiqotchilar koʻplab qitʼalar boʻylab hid hamda taʼmni yoʻqotish boʻyicha avvalgi 18 ta tadqiqotni baholadilar. Maʼlum boʻlishicha, taʼm yoki hidni yoʻqotishdan aziyat chekkanlarning toʻrtdan uch qismi 30 kun ichida bu hislarni tiklagan.

 

Ammo taxminan 5 foiz odamlar COVID-19 bilan kasallanganidan olti oy oʻtgach “doimiy disfunksiya” haqida xabar berishgan.

 

“Dunyo boʻylab millionlab odamlarning hid bilish qobiliyati pasayganligi sogʻliqni saqlashning navbatdagi inqirozi boʻlishi mumkin”, dedi Patel.

 

Maʼlumot uchun, hid bilishni yoʻqotish pandemiyaning dastlabki kunlarida COVID-19 ning aniq belgilaridan biri edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//