Madaniyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga amaliy tashrifi davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgani haqida xabar bergan edik. Ziyorat vaqtida Prezident majmua yonida Imom Buxoriy hayotini koʻrsatuvchi elektron muzey tashkil etish taklifini bildirdi.
“Yaqinda Madina shahrida boʻlganimizda paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini koʻrdik. Bu yerda ham shunga oʻxshash muzey tashkil etsak, yaxshi boʻlar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yoʻli, oʻsha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali koʻrsatiladi. Bular yoshlar, chet ellik sayyohlarning yaqqol tasavvurida qoladi. Muzey xalqimiz uchun yana bir maʼnaviy xazina boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qurilish vazirligiga bu borada loyiha tayyorlash topshirildi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q