Jamiyat
2022-yil 13-avgust kuni Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimligida ishlovchi shaxs undan subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditini olib berish maqsadida 500 dollar soʻraganini aytgan.
Ayol esa shu yilning 18-iyul kuni unga soʻralgan pullarni berganini maʼlum qilgan.
Mazkur murojaat asosida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 13-avgust kuni soat 13:00da mazkur shaxs tumanning koʻp tarmoqli shifoxonasida ayoldan kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSH dollar hamda 1 millon 100 ming soʻm pul olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Pul mablagʻlari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olingan.
Surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, ushbu fuqaro Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati ekanligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q