Jamiyat
Toshkent shahri Yangihayot tumanida yashovchi 34 yoshli A.R. uylarga oʻrnatilgan 118 dona oʻt oʻchirish moslamasi va shlanglarni oʻgʻrilaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqida shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, oʻgʻriliklar turli tumanlardagi bir nechta yangi qurilgan uylarda sodir etilgan. Har bir oʻt oʻchirish moslamasi 480 ming soʻmdan baholangan.
Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan.
Ushbu moddaga koʻra, u BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q