Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda turkiyalik sayyoh ayol Buxoroning eski shahar qismida hojatxona izlab yurgani va restoran hojatxonasidan foydalanish uchun suv sotib olishga majbur boʻlgani haqidagi video tarqaldi.
Unda ayol yaqin atrofda hojatxona topa olmagani, oshxonadan iltimos qilganida rad etishgani va u yerdan 0,5 litr suvni 1 dollar (10 000 soʻm)ga sotib olganini aytadi. “Meni oʻzbeklarga oʻxshaysan deyishadi. Men bunday oʻzbeklarga oʻxshashni istamayman” degan u.
Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, sayyoh yurgan Haqiqat koʻchasida 2 ta hojatxona bor va yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilgan. Shuningdek, shu yerda Bukhara Silk Carpet markazi orqasida ayollar va erkaklarning zamonaviy hojatxonalari mavjud.
“Sayyoh harakatlangan koʻchaning ham oʻng, ham chap tarafida zamonaviy hojatxonalar mavjud. Koʻchada joylashgan qator hunarmandchilik markazlarining hunarmandlari yordam joiz boʻlsa, kelgan sayyohga koʻmak berishi shubhasizdir. Chunki barchaga maʼlumki, Buxoro ahli doimo mehmondoʻst, ochiq yuzli va beminnat yordam qoʻlini choʻzadigan xalqdir”, deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Jahongir
12:01 / 01.01.1970
Turizm va ma'daniy merosdagilar bizga tushuntirishlari kerak emas uzlarini oqlab. Endi u turis ijtimoiy tarmoqlarga chiqib aytgan gaplarini qanday oqlasak buladi. Shu habarni eshitib kamida 100-200 ta turist kelish fikridan qaytsa ajab emas!!!
Ozodbek
12:01 / 01.01.1970
Albatta birinchi orinda odamlarning hushmomilaligi ya'ni qanday holatda kelsa ham restaurant hodimlari ruhsatberishkerak endi va 0,5suvni 1$sotish insondanmi? Endilikda turistham oz xaq xuquqlarini bo‘lgan holatda yon atrofdan so‘rashlari joizdir.