Boʻzsuv kanalida suv qora rangda ekaniga rasmiy izoh berildi

Saqlash
14:42 / 25.08.2022 641 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Boʻzsuv kanalining Zangiota tumani “Tokzor” MFY hududidan oʻtgan qismiga zaharli kanalizatsiya suvlari oqizilayotgani toʻgʻrisida eʼlon qilingan videomurojaat yuzasidan tezkor oʻrganish ishlari olib borildi.

 

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻrganish jarayoniga ekologik mobil laboratoriya ham jalb qilinib, Boʻzsuv kanaliga tashlanayotgan oqova suvlardan, kanal 500 metr tepa va past qismlaridan tahlil uchun namunalar olindi. 

 

Oʻrganishlar davomida suv qora rangda ekani toʻqimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan rangli oqova suvlar bilan bogʻliqligi maʼlum boʻldi. 

 

“Boʻzsuv aeratsiya stansiyasi” texnologik jarayonlari koʻzdan kechirilgan hamda ushbu tozalash inshootiga muntazam ravishda meʼyordan ortiq ifloslangan moddalar va rangli eritmalar tashlab kelayotgan 7 ta toʻqimachilik va 2 ta qogʻozni qayta ishlovchi korxonalar roʻyxati shakllantirilgan.

 

Endilikda har bir korxona faoliyatini tekshirish yuzasidan biznes-Ombudsmanga buyurtmalar kiritilib, belgilangan tartibda ekologik nazorat, oʻrganish ishlari olib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//