Jamiyat
Akademiya magistraturasiga o‘qishga qabul qilish Bosh prokuratura hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi:
– yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar;
– yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari (amaldagi kadrlar zaxirasidagi xodimlari), boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari.
Magistratura bitiruvchilariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha davlat namunasidagi diplom va huquq magistri darajasi beriladi. Magistraturada o‘quv jarayoni ta’lim kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etiladi.
Magistraturada o‘qish muddati: kunduzgi va kechki ta’lim shaklida – bir yil; sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida – akademiya kengashi qarori bilan ikki yilgacha etib belgilanadi.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlari lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi. Magistraturaga kirish uchun hujjatlar har yili 10 iyundan 10 avgustga qadar qabul qilinadi.
Tasdiqlangan kvotalar doirasida tanlovda eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda, qolganlar reyting ballari asosida to‘lov-kontrakt, kvotadan tashqari akademiya kengashi qaroriga muvofiq belgilanadigan qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘lov miqdorini belgilash bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q