COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanib bormoqda – ekspert

Saqlash
22:08 / 23.08.2022 623 0

Soʻnggi ikki yil ichidagi tendensiyalarga tayanadigan boʻlsak, koronavirus gripp va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar kabi mavsumiy kasallikka aylanib bormoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining klinik-tahliliy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Natalya Pshenichnaya aytib oʻtdi.

 

“Bundan dalolat beruvchi alomatlar bor. Ikki yil davomida COVID-19 gripp va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar kabi mavsumiy kasallikka aylanib borayotganini koʻrsatuvchi tobora aniq tendensiya kuzatilmoqda”, dedi Pshenichnaya.

 

Unga koʻra, kuz-qish davrida COVID-19 kasalligiga chalinish xuddi OʻRV va gripp bilan kasallanish holatlari kabi maksimal darajada oshadi. Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, yozda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi kuz-qishga nisbatan past boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//