Siyosat
Joriy yilning 23-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Innovatsion hududga aylantirilayotgan 28 ta tuman hokimlari va ularning innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari uchun oʻquv haftaligi boshlandi.
«Mamlakatimizni Global innovatsion indeks (GII) reytingida 2026-yilgacha 30 pogʻonaga koʻtarish vazifasi Strategiyamizda belgilangan. Shu maqsadga erishish uchun qator strategik yoʻnalishlar belgilab olingan. Xususan, innovatsion infratuzilma subyektlari tarmogʻini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish koʻzda tutilgan. Yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirishimiz juda muhim», Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
Bu maqsadli vazifalarning dolzarbligi hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrnini inobatga olib, Farmon bilan belgilangan 28 ta tumanda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy qilindi.
Oʻquv treningda 2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasida koʻrsatilgan vazifalarni samarali bajarish hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar hamda yoʻl-yoʻriqlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Strategiyani hududlar kesimida amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari hududdagi innovatsion markazlar sonini 494 tagacha yetkazish, texnologik innovatsiyalar bilan shugʻullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari sonini 600 tagacha yetkazish, hududlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar sonini 384 tagacha oshirish, hududlarda yillik roʻyxatga olingan patentlar sonini 184 tagacha yetkazishni koʻzda tutadi. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion va texnologik loyihalar sonini 183 tagacha oshirib, innovatsion startaplar sonini 1437 tagacha yetkazish kabi vazifalarga ham alohida urgʻu berildi.
Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova oʻquv trening yakunlariga koʻra har bir tinglovchi – tuman hokimining oʻrinbosari forsayt va ideaton tadbirlarida oʻz tumanini innovatsion rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hamda iqtisodiyotining drayver sohalarini oʻz ichiga olgan dasturlarini taqdim qilishlari muhimligini eslatib oʻtdi.
Haftalik natijalariga koʻra hududlarda innovatsion faoliyat natijadorligini yanada oshirish maqsadida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan amaliy tadbirlar belgilab olinadi. Haftalikning birinchi kuni tinglovchilar vazirlik binosidagi ilmiy ishlanmalar va startap mahsulotlar koʻrgazmasi, INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Ilgʻor texnologiyalar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q