Siyosat
“2022–2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 2022-2023-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan:
2022-yil yakunigacha:
aholi yashash maskanlarini mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarida mobil internet qamrovi 60 foizga yetkaziladi;
40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali qamrov 80 foizga yetkaziladi;
elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar soni 2 barobarga yetkaziladi;
2023-yil yakunigacha:
raqamli texnologiyalar sohasida yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning axborot texnologiyalari yoʻnalishida taʼlim olishi yoʻlga qoʻyiladi;
davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.
2022-yil 1-sentyabrdan respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat organlari (24 ta) rasmiy veb-sayti va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi ishga tushiriladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110518
Jamiyat
94401
Jamiyat
90290
Jamiyat
73969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q