Ilm-fan
Oʻzbekistonda magistratura qabul natijalari eʼlon qilinmoqda, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.
Qayd etilishicha, 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha «Magistr.edu.uz»elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari toʻliq koʻrib chiqilgan.
Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil etgan. Shundan:
– xorijiy til sertifikatiga egalar – 4582 ta;
– 637 ta talabgor esa tanlovda ishtirok etmasdan imtiyozga ega boʻlganlar. Bular:
– davlat stipendiantlari – 296 ta;
– kimyo, biologiya va informatika yoʻnalishlari boʻyicha imtiyozli diplom egalari – 159 ta;
– kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari gʻoliblari – 12 ta;
– koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilar – 170 ta.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q