Jamiyat
Toshkentdagi mazkur mehribonlik uyida 5 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 122 nafar bola tarbiyalandi. Bugungi kunda 67 nafar tarbiyalanuvchi oilaviy sharoitda voyaga yetayotgan boʻlsa, ularning 12 nafari bugun poytaxtda barpo etilgan 5 ta oilaviy bolalar uyida ulgʻaymoqda. 6 nafar bola ota-onasi yoki yaqin qarindoshlariga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, bu bolalar ota-onasidan birini yoʻqotgan yoki butunlay ota-onasidan ayrilgan bolalardir, biroq Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar saʼy-harakatlari bilan ularning qarindoshlari topilib, oilasi bagʻriga qaytarildi. 50 dan ortiq oʻgʻil-qizlar vasiylikka olingan. Bolalar 18 yoshga toʻlib, voyaga yetgach muassasani tark etgan.
Natijada, 21-sonli mehribonlik uyida atigi 27 nafar tarbiyalanuvchi qoldi. Shu bois, barcha bolalar poytaxtda joylashgan 22-sonli mehribonlik uyiga oʻtkazildi. 21-sonli mehribonlik uyi oʻz faoliyatini yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin 21-mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirgandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q