Iqtisod
Davlatimiz rahbari soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yoʻnalishda tashabbuslarni bildirdi.
Ochiq muloqotda kichik va oʻrta biznes uchun eng muammoli masalalardan biri qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va qaytarish bilan bogʻliqligi taʼkidlandi.
Prezident 2021-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini yanada tushirishga vaʼda bergan edi.
«Ochiq aytishim kerak, “iqtisodiyot pandemiya tufayli hali toʻliq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emas, shu sababli buni keyinga qoldiraylik”, deb taklif berganlar ham boʻldi.
Lekin sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023-yil 1-yanvardan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 12 foizga tushiramiz!», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q