Jamiyat
Shu yil 9-avgust kuni Samarqandda ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgani aytilgandi. Ammo bemor ham, donor ham shifoxonadan chiqmay vafot etgan. Bu haqida Kun.uz xabar berdi. Sayt muxbiri Jomboy tumanida boʻlib, vafot etganlarning yaqinlari bilan suhbatlashgan.
Samarqandda amalga oshirilgan ilk amaliyotda qatnashgan 57 yoshli bemor jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqichi bilan kasallangan boʻlib, unga 35 yoshli qizi donorlik qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, donor onasining tuzalib ketishiga katta umid bildirgan.
“Ayolim soʻnggi ikki yilda ancha qiynaldi. Bir qator tekshiruvlar, muolajalarni boshdan oʻtkazdi. Samarqand viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida oʻtkazilgan tekshiruvlardan soʻng, shifokorlar shu yerda operatsiya qilish mumkinligini tavsiya qilishdi. Avvaliga oʻzim donorlik qilmoqchi boʻldim, shifokorlar toʻgʻri kelmasligini tushuntirishdi. Shundan soʻng qizim donorlik qiladigan boʻldi. Operatsiya ham oʻtdi, ayolim va qizimning oyoqqa turib ketishiga umid qildik. Biroq avval onasi, keyin qizim shifoxonadan chiqmay nobud boʻldi. Allohning irodasi ekan” – dedi Abdumalik Qurbonov.
12-avgust kuni bemor, 16-avgust kuni donor vafot etgan.
Onasiga donorlik qilgan ayolning turmush oʻrtogʻi va uch nafar farzandi boʻlgan. Uning turmush oʻrtogʻi operatsiya oʻtkazilayotganda Rossiyada boʻlgan. Xotinining donorlik qilishiga yozma tarzda rozi boʻlib, uni elektron tarzda shifokorlarga tashlab bergan.
“Ayolimni fikridan qaytarishga juda koʻp urindim. Donorlik qilsa, ertaga oʻzi ham xastalanib qolishi mumkinligidan ogohlantirdim. Onasining tuzalib ketishi uchun qattiq turib oldi. Majburan rozi boʻldim. Operatsiyadan avval ham telefon orqali suhbatlashdik, ayolim sogʻlom edi. Shifokorlar ham operatsiya ijobiy oʻtgani haqida maʼlumot berishdi. Biroq shifoxonadan chiqmay qaynonam ham, turmush oʻrtogʻim ham vafot etdi. Men otamning qarori bilan daʼvo qilmay turibman. Biroq nega shifokorlar holatga yuzaki qarashdi? Hozir bizning qoʻlimizga xotinimni yurak bilan bogʻliq muammo sabab vafot etdi, deb qogʻoz berishgan. Sogʻlom odamni operatsiya stoliga olib, uning hayotini xavf ostida qoldirayotgan shifokorlar avval barcha choralarni koʻrib qoʻygan boʻlishi kerak emasmidi? Operatsiyaga rozilik bildirdi degani, ularning oʻlimiga roziman, degani emasku” – dedi donorlikdan keyin vafot etgan ayolning turmush oʻrtogʻi Komiljon Oʻsarov.
Oʻsarovning qoʻshimcha qilishicha, ayoli 2022-yilning bahorida ham koʻkrak qismidan jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan. Eslatib oʻtamiz, shifokorlar operatsiya 13 soat 20 daqiqa davom etganini maʼlum qilishgandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q