SSV kuydirgi kasalligi aniqlangani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berdi

Saqlash
21:58 / 19.08.2022 775 0

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 18-avgust kuni “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” informatsion dasturida berilgan videolavha “Yunusobod tumanida oʻta xavfli boʻlgan kuydirgi kasalligi aniqlandi” sarlavhasi bilan tarqalmoqda. Bu esa internet foydalanuvchilari oʻrtasida vahima va xavotirlarni uygʻotmoqda.

 

Sanepidxizmat Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, tarqatilayotgan maʼlumot asossiz ekani va  xavotirlanishga oʻrin yoʻqligini taʼkidlamoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida  joriy yilning 1-20-avgust  kunlari “Kuydirgi kasalligini tabiiy oʻchoqlaridan  kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish” mavzusida koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazish rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavha esa 16-avgust kuni mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Uchtepa tumanidagi 26-sonli oilaviy poliklinikada oʻtkazilgan navbatdagi oʻquv mashgʻulotlaridan biri boʻlgan.

 

Ushbu oʻquv mashqida 81 nafardan ortiq soha mutaxassislari qatnashgan, ularga kuydirgi kasalligining oldini olish yuzasidan eslatmalar tarqatilgan. 

 

«Internet tarmoqlarida tarqatilgan videolavha ham ushbu taktik-oʻquv mashqi yuzasidan lavha namoyish etilgan. Lavhada soha mutaxassisi tomonidan berilgan intervyuda kuydirgi kasalligining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlari va shahardagi epidemik vaziyat yuzasidan maʼlumot berilgan.   

 

Mazkur maʼlumot oʻquv-taktik mashgʻulot uchun berilganligini, joriy yilda Toshkent shahrida kuydirgi kasalligi qayd etilmaganligini maʼlum qilamiz», – deyiladi Sanepidxizmat munosabatida.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//