Jamiyat
Bugun, 18-avgust kuni taxminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida portlash sodir boʻldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi avtomaktabga tegishli boʻlgan “Isuzu” rusumli avtobus metan gaz toʻldirib chiqqan vaqtda unga oʻrnatilgan gaz balonlari birida portlash sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan.
Voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q