Jamiyat
Fanlar akademiyasi tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yer maydonlarining hokimlik zaxirasiga o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli xil talqinlar va asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ma’lum qilishicha, “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining (2026-yilning 25-martida qabul qilingan) 21-bandining “a” kichik qismiga asosan, poytaxtning ekologik holatini tubdan yaxshilash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va unga tutash bo‘lgan jami 250 gektar maydonda zamonaviy Dendrologiya bog‘i barpo etiladi.
Farmonga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi tomonidan yer uchastkalari belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilib, Ekologiya qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi. Ekologiya qo‘mitasi hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt va butalar turlarini tanlab, tegishli loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi. Mazkur loyiha asosida hududda keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu yer maydoni qurilish ishlari uchun emas, balki shahar aholisi va kelajak avlod manfaatlariga xizmat qiladigan, atmosfera havosini tozalashga qaratilgan yirik yashil massiv — dendropark tashkil etish maqsadida ajratilmoqda.
Fanlar akademiyasi jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bu ekologik ahamiyatga ega loyihani noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini, aholi o‘rtasida asossiz xavotirlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘ragan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112134
Jamiyat
94818
Jamiyat
90870
Jamiyat
75665
Jamiyat
//
Izoh yo‘q