Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan “Ochiqlik indeksi”ni taqdim qildi.
2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olingan bo‘lib, baholash jarayoni 84 ta mezondan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirilgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, 2022-yildagi, ya’ni ilk baholash ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, “sariq” toifadagilar 2 barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamaygan.
Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan.
Respublika darajasidagi tashkilotlardan — O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, “qizil” toifada baholangan.

Ta’kidlanishicha, agentlik tomonidan kelgusida baholash jarayonlarini quyi tizimlarda ham amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, 2026-yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlari faoliyati ochiqligi darajasini index.anticorruption.uz platformasida baholash rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112131
Jamiyat
94815
Jamiyat
90864
Jamiyat
75658
Jamiyat
//
Izoh yo‘q