Xonandalardan qancha daromad solig‘i olingani ochiqlandi

Saqlash
14:19 / 13.04.2026 74 0

O‘tgan yili Soliq qo‘mitasi tomonidan “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati bo‘yicha “Soliq” mobil ilovasida soliq deklaratsiyalarini yuborish yo‘lga qo‘yilganidan xabaringiz bor.

 

Ushbu xizmat xonandalarga yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani soliq organlariga taqdim etish imkonini beradi. 

 

Jarayon “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirilgan. 

 

Xabarda yozilishicha, joriy yil 13-aprel holatiga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan va 2025-yilda ushbu faoliyatdan olgan daromadlari daromad solig‘i to‘lagan xonandalar soni – 419 nafar.  

 

Ular taqdim etgan soliq deklaratsiyada 2,3 mlrd so‘m daromad ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan soliqqa tortiladigan baza 1,8 mlrd so‘mdan 219,6 mln so‘mi daromad solig‘i hisoblandi. 

 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar tomonidan daromad solig‘i to‘lanishicha quyidagicha:
1 mln so‘mgacha – 145 nafar;
10 mln so‘mgacha – 222 nafar;
20 mln so‘mgacha – 38 nafar;
40 mln so‘mgacha – 7 nafar;
60 mln so‘mgacha – 5 nafar;
90 mln so‘mgacha – 2 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//