Madaniyat
Rasman O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Xabarga ko‘ra, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi (Şeyda Subaşı) tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.
Ma’lumot uchun, markazning tashkil etilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasining boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbusi hisoblanadi.
Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan ushbu markaz o‘zining ulug‘vor me’moriy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Jumladan, hudud maydoni – 10 gektar, binoning uzunligi – 161 metr, kengligi – 118 metr, gumbazning balandligi – 65 metr, xonalarning umumiy maydoni esa qariyb 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112424
Jamiyat
95082
Jamiyat
91300
Jamiyat
76000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q