Jamiyat
Germaniyaning “Premium Food Group” tashkiloti O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qiladi.
Xabarga ko‘ra, ish turi qassobchilik bo‘lib, unda go‘sht mahsuloti qayta ishlanadi. Ish o‘rinlari 300 ta:
- Buxoro – 100 ta;
- Nukus – 100 ta;
- Termiz – 100 ta.
Nomzodlar konveyerda ishlash, qadoqlash, mahsulot tashish, uskunalarni nazorat qilish kabi vazifa;arni bajaradi.
Ish vaqti haftasiga 39 soat bo‘lib, sinov muddati 6 oyni o‘z ichiga oladi.
Oylik maosh, barcha soliqlardan holi ravishda, 1700 yevro(taxminan 14 mln 200 ming so‘mdan ko‘proq). Bundan tashqari, tungi smena – 23:00–06:00da ishlovchilarning xizmat haqiga 25 foiz ustama qo‘shiladi.
Ketadigan xarajatlar:
▪️ turar joy uchun – (oyiga) 310 yevro(taxminan 4 mln 400 ming so‘mdan ko‘proq);
▪️ ovqat uchun – 4 yevro(taxminan 56 ming so‘mdan ko‘proq);
▪️ Aviabilet va viza — (nomzod hisobidan) 10 mln so‘m (hujjatlar tarjimasi, diplom nostrifikatsiyasi, sug‘urta va boshqalar).
Mazkur ish o‘rni uchun 18–40 yosh, diplomi (oliy ma’lumot yoki o‘rta maxsus kasb-hunar) bor erkaklar ariza topshirishi mumkin.
Talab qilinadigan ish tajribasi:
▪️ OTM bitiruvchilari uchun 2 yillik, kasb-hunar diplomi egalari uchun 5 yillik go‘sht sanoati yo‘nalishida tasdiqlangan ish staji (my.gov.uz orqali).
Ta’kidlanishicha, nomzodlar nemis tilini muloqot darajasida bilishi va maxsus kasbga yo‘naltirilgan 4 oylik kurslarda ishtirok etishi shart (yotoq joy va o‘qish bepul).
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 25 aprelgacha. Batafsil ma’lumotlarni 1282 | 71 202-33-55 (502) telefon raqamlari orqali olish mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112134
Jamiyat
94818
Jamiyat
90870
Jamiyat
75665
Jamiyat
//
Izoh yo‘q