Madaniyat
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan joriy yilning 11–13-aprel kunlari “Amir Temur siymosi sahnada” nomli Respublika teatrlar festivali oʻtkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan 25 ta teatrning 7 tasi oʻz spektakllari bilan qatnashmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri “Oqsaroy”, Qoʻqon shahar musiqali drama teatri “Armonsiz oʻtgan umr”, Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri “Sohibqiron”, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri “Adolat fasli”, Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri “Temurbekning bolaligi”, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri “Sohibqiron” spektakli, Namangan viloyati musiqali drama teatri “Amir Temur yoxud adolat qilichi” spektakllari bilan ishtirok etishmoqda.
.jpg)
Festivalning birinchi kuni Qashqadaryo viloyati teatrining “Oqsaroy” spektakli bilan boshlandi. Spektakldan soʻng “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” nomli tantanali yurish tashkil etildi. Mazkur yurish Bibixonim madrasasi hududidan boshlanib, Registon maydoni orqali Samarqand musiqali drama teatri binosigacha davom etdi. Shundan soʻng uch kun davom etadigan festivalni madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tojixonov rasman ochib berdi.
.jpg)
“Biz bugun Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurayotgan ekanmiz, albatta, milliy tariximizning eng yuksak nuqtasi boʻlgan Ikkinchi Renessans — Temuriylar davri tajribasiga tayanamiz. Oʻsha davrda Sohibqiron bobomiz nafaqat qudratli saltanat barpo etdi, balki insoniyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan madaniy va intellektual muhitni yaratdi. Agar oʻsha davrda Samarqand jahonning ilm va maʼrifat mayogʻiga aylangan boʻlsa, bugungi islohotlarimizning bosh maqsadi ham yurtimizni yana intellektual, iqtisodiy va madaniy jihatdan dunyoning peshqadam davlatlari qatoriga olib chiqishdir”, dedi Avazxon Tojixonov.
.jpg)
Dastur davomida “Armonsiz oʻtgan umr” hamda “Sohibqiron” spektakllari namoyish etildi. Shuningdek, festivalda “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” yoʻnalishida maxsus tanlov ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Festival yakunida gʻoliblar aniqlanib, taqdirlanadi.
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112134
Jamiyat
94818
Jamiyat
90870
Jamiyat
75664
Jamiyat
//
Izoh yo‘q