Jamiyat
IIV Kiberxavfsizlik markazi Surxondaryo viloyatida fuqaroga tegishli bank kartasidan pullarning jinoiy yoʻllar bilan yechib olinganlik holati yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.S. ariza bilan murojaat qilib, arizasida oʻziga tegishli boʻlgan “Humo” bank kartasidagi jami 48 mln 640 ming 550 soʻm miqdoridagi pullar nomaʼlum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O.S. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarini oʻgʻirlagan shaxslar “Agrobank” Oltinsoy tumani boʻlimi xodimlari, Shoʻrchi tumanida yashovchi, Q.Sh. va A.S. ekanligi aniqlangan.
Hozirda tegishli idoralar tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112365
Jamiyat
95029
Jamiyat
91223
Jamiyat
75933
Jamiyat
//
Izoh yo‘q