Siyosat
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida umumiy qiymati 45 milliard rial (taxminan 11,99 milliard dollar) boʻlgan 10 ta sarmoyaviy bitim imzolandi.
Bu Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi doirasida amalga oshirilgan.
Prezident Matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishida energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari va transport sohalarida umumiy qiymati 14 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuv va shartnomalar imzolangan.
Ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari oʻrtasida energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, mehnat munosabatlari kabi sohalarda hamkorlikka doir 15 ta hujjat qabul qilingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94453
Jamiyat
90373
Jamiyat
74268
Jamiyat
//
Izoh yo‘q