Jamiyat
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov tashabbusi bilan mazkur oliy taʼlim muassasasi Hindiston poytaxti Dehli shahrida oʻz vakolatxonasini ochdi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vakolatxona Hindistonning Axis Institute of International Education kompaniyasi bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik natijasida tashkil qilindi. Maʼlumot oʻrnida, ushbu kompaniya bugungi kunda dunyoning 20 ga yaqin nufuzli tibbiyot oliy taʼlim muassasasi, jumladan, Varshava universiteti, Yaponiyaning KUDAN instituti, Manila universiteti, Gruziya universiteti, Ukrainaning tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Vakolatxona Dehli shahrining nufuzli tibbiyot muassasalari va markazlarida Oʻzbekiston tibbiyot xodimlarining salohiyati hamda malakasini oshirishi, stajirovka oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda, Hindistonda faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi tor soha mutaxassislarini Toshkent tibbiyot akademiyasining oʻquv-amaliyot jarayonlariga jalb qilish bilan ham shugʻullanadi.
Bundan tashqari, kelgusida tibbiyot muassasasining Polsha, Koreya va Turkiya davlatlarida ham vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q