Jamiyat
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani hokimligi tumandagi maktablar orasida eng yaxshi deb topilgan maktab direktorlaridan 3 nafarini Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahriga sayohatga joʻnatdi.
Hokimlik matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, ular rahbarligi ostidagi maktablar joriy yil davomida tuman miqyosida oʻtkazib kelingan “5 tashabbus olimpiadasi doirasi”, “Hokim olimpiadasi”, “Bir oyda ikkita kitob oʻqiyman” kabi koʻrik tanlovlarda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
Shu bois hokimlik tomonidan 13-maktab direktori Doston Rustamov, 14-maktab direktori Hotam Hasanov, 17-maktab direktori Hokima Idiyevaning Dubayga bepul sayohati tashkillashtirib berildi.
Maktab direktorlari 8-avgustdan 14-avgustgacha Dubay shahriga sayohat qilib, Oʻzbekistonga qaytdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
112996
Jamiyat
95695
Jamiyat
92657
Jamiyat
76902
Jamiyat
//
Izoh yo‘q