“Oqsaroy” majmuasi xodimi saroy maketini tayyorladi

Saqlash
19:49 / 18.08.2022 738 0

U 22 yil davomida Oqsaroy maketi ustida ish olib borgan.

 

Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” majmuasi xodimi Aziz Axmedov Amir Temur davrida bunyod etilgan saroy maketini tayyorladi. 

 

“Amir Temurning bunday muhtasham saroyni qurishdan maqsadi – xalqaro diplomatik aloqalarni oʻrnatish edi. Bugungi kunga qadar saroy darvozasining faqat yarmi saqlanib qolgan. Oqsaroy darvozasi Islom meʼmorchiligida dunyodagi eng katta darvozadir.

 

 Fasad tepasiga: “Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing!” deb yozilgani bejizga emas. Qurilishga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻn yil ketgan boʻlsa, islom meʼmoriy yodgorliklari orasida Oqsaroy alohida oʻrin tutadi. Xozir undan faqat ikkita ustun qolgan va ular juda maftunkor. Temurni sahro meʼmori deyishlari bejiz emas", – deydi Aziz Axmedov.

 

Mutaxassis tomonidan taʼkidlanishicha, maketdagi gʻishtlar soni Oqsaroydagi gʻishtlarga teng boʻlib, maksimal darajada asliyatga yaqinlashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//