Jamiyat
Tuproqqalʼa tumanida “Davlat tili 10 kunligi” dasturi doirasida tashqi reklama vositalarini davlat tili meʼyorlariga moslashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanning Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi tashabbusi bilan ishchi guruhi shakllantirilib, tashqi reklama, peshlavha, narxnoma va boshqa axborot matnlarining davlat tilida yuritilishi boʻyicha tushuntirishlar olib borilyapti. Natijada hududdagi koʻplab xorijiy tillarda va imloviy xatolar bilan yozilgan tashqi yozuvlar tuzatilishiga erishildi.
Shuningdek, Vobkent tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari va boshqalar ishtirokida “Charmgaron” mahallasi hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat koʻrsatish sektorlarida tashqi reklama va bannerlarning qonun talabiga hamda milliy qadriyatlarga mosligi oʻrganildi. Jarayonda Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Olot tumanida ham mutasaddilar tomonidan savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish va boshqa obeʼktlardagi tashqi reklama yozuvlari oʻrganildi. Yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatolari bor hamda til qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalari olinib, qonun talablariga mos keluvchi tashqi reklama vositalari oʻrnatildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Gʻijduvon tuman boʻlinmasi hamda Gʻijduvon tuman hokimligi hamkorligida tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli Qonunni tushuntirildi. Tashqi reklamalarni davlat tili qoidalari asosida tashkil etish talabnomasi berilib, notoʻgʻri oʻrnatilgan peshlavhalarni almashtirish boʻyicha muddatlar belgilandi.
Hududlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlinmalari mutasaddilari tomonidan bu kabi oʻrganishlar doimiy tarzda olib borilib, yuzlab notoʻgʻri yozilgan tashqi reklamalar olib tashlanishiga erishilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q