Jamiyat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatining Taxiatosh va Shofirkon tumanlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kadrlar almashinuvi doirasida Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga yangi rahbar tayinlandi. Shu bilan birga, Vazirlar kengashi tizimida ham moliya-iqtisodiyot hamda qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishlarida tayinlovlar amalga oshirildi.
Ma’lum qilinishicha, Islambek Sdikov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Taxiatosh tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Kamiljan Aytbayev esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bugun Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Amonov Mo‘min Olimovichni Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori o‘qib eshittirildi.
Aytilishicha, Mo‘min Amonov Shofirkon tumani hokimi etib tasdiqlandi.
U 1988-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Ayni paytga qadar u Buxoro shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112051
Jamiyat
94741
Jamiyat
90758
Jamiyat
75564
Jamiyat
//
Izoh yo‘q