Jamiyat
Endilikda top-300 talikka kirgan universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti beriladi. Bu haqda “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish va ularni qaytarish tartibi belgilanadi.
Ta’lim krediti 30 yoshdan oshmagan, shu jumladan, 30 yoshda bo‘lgan pedagoglarga ajratiladi. Kredit ularning bakalavriat hamda magistratura dasturlarida ta’lim olishlari uchun ajratiladi.
Ma’lum qilinishicha, kredit 1 o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.
Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Hujjatlar ro‘yxati:
– ariza;
– shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
– taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
– akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
– to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
– birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;
– mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).
Ta’lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112051
Jamiyat
94741
Jamiyat
90758
Jamiyat
75564
Jamiyat
//
Izoh yo‘q