Jamiyat
Dubay va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar 4-martdan boshlab bosqichma-bosqich tiklandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Agentlik Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqib Uzbekistan Airways, CentrumAir hamda Qanot Sharq aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan reyslar bosqichma-bosqich tiklanganini ma’lum qildi.
Parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Uzbekistan Airways
– HY333 Toshkent—Dubay: 2026-yil 4-mart kuni soat 08:30 da (jadval asosida);
– HY334 Dubay—Toshkent: 2026-yil 4-mart kuni soat 12:30 da (jadval asosida).
CentrumAir
– C6-351 Toshkent—Dubay: 2026-yil 4-mart kuni soat 05:30 da (jadval asosida);
– C6-352 Dubay—Toshkent: 2026-yil 4-mart kuni soat 10:25 da (jadval asosida).
Qanot Sharq
– HH901 Toshkent—Dubay (DWC): 2026-yil 4-mart kuni soat 05:10 da (jadval asosida);
– HH902 Dubay (DWC)—Toshkent: 2026-yil 4-mart kuni soat 10:30 da (jadval asosida).
Fuqarolardan parvoz vaqti va reys holatini avvaldan aviakompaniyalar bilan aniqlashtirish hamda tasdiq olingandan so‘nggina Dubay xalqaro aeroportiga yetib borish tavsiya etildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali e’lon qilib boriladi.
28-fevralda Dubay va Toshkent o‘rtasida qator aviareyslar amalga oshirilishi kerak edi. Biroq Yaqin Sharqda kuzatilayotgan urush tufayli havo hududi yopilgani sabab qoldirilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111570
Jamiyat
94632
Jamiyat
90619
Jamiyat
75078
Jamiyat
//
Izoh yo‘q